Yaponiyada to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tilishi mumkin

Yaponiyada to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tilishi mumkin

Yaponiya aholi va kompaniyalarni haftasiga to‘rt kunlik ish rejimiga o‘tishga ko‘ndirib, ishchi kuchi yetishmayotgani tufayli yuzaga kelayotgan muammoni hal qilishga urinyapti.

Mamlakat hukumati 2021 yilda ma’qullangan ish haftasining qisqarishi g‘oyasini 1-marta qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini aytdi.

Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligining ma’lum qilishicha, Yaponiyadagi kompaniyalarning deyarli 8%i xodimlari 3 kun dam olishiga ruxsat beradi, lekin 7% kompaniya xodimlarga haftasiga 1 kun dam beradi.

Hukumat ish vaqtini qisqartirib, boshqa moslashuvchan tartiblar, masalan, qo‘shimcha ish vaqti va yillik pulli ta’tillarni cheklashni targ‘ib qiluvchi «ish uslubini isloh qilish» kampaniyasini boshlagan.

«Ishchilar o‘z sharoitlariga qarab turli ish uslublarini tanlashlari mumkin bo‘lgan jamiyatni yaratamiz. Bu orqali biz o‘sish va taqsimlashning yaxshi siklini yaratish hamda har bir ishchining yaxshi kelajakka ega bo‘lishiga imkon berishni maqsad qilganmiz»,
— deyiladi xabarda.

Hukumatning ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilash borasidagi ishlari Yaponiyada katta o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘rsatadi. Chunki mamlakat II jahon urushidan keyin iqtisodiy o‘sishga aynan xalqining mehnatkashligi sabab erishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!