Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari Tokioda Shimoliy Koreyani to‘liq yadrosizlantirish masalasini muhokama qiladi

Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari Tokioda Shimoliy Koreyani to‘liq yadrosizlantirish masalasini muhokama qiladi

KXDRni to‘liq yadrosizlantirish masalasi 16-mart kuni Yaponiya va Janubiy Koreya rahbarlarining Tokioda bo‘lib o‘tadigan sammitida muhokama qilinadi.

Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Xirokadzu Masuno ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Yaponiya va Koreya Respublikasi rahbarlarining sammitida Shimoliy Koreyani to‘liq yadrosizlantirish bo‘yicha Yaponiya va Janubiy Koreya, shuningdek, Yaponiya-Janubiy Koreya-AQSh hamkorligini tasdiqlamoqchimiz”, dedi u.

Masuno, shuningdek, Yaponiya va mintaqa xavfsizligiga tahdid soladigan Shimoliy Koreya raketalarini “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!