Yaponiya KXDR ballistik raketa uchirganini e’lon qildi

Yaponiya KXDR ballistik raketa uchirganini e’lon qildi

KXDR bashorat qilinganidek ballistik raketani uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

Yaponiya hukumati uchirilish tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, raketa yetti daqiqa davomida uchgan. NHK telekanaliga ko‘ra, u Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan.

KXDR oxirgi marta 2 aprel kuni ballistik raketani uchirdi. O‘shanda Koreya markaziy axborot agentligi “gipertovushli qanot”ga ega yangi o‘rta masofaga mo‘ljallangan Xvasongpo-16V raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!