Yaponiya bosh vaziri Ukrainaga ketmoqda va 21 mart kuni Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin

Yaponiya bosh vaziri Ukrainaga ketmoqda va 21 mart kuni Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida hozirda Ukrainaga jo‘nab ketmoqda va u yerda 21 mart kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin.

Bu haqda manbalarga tayanib NHK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Hindistondan Yaponiya vaqti bilan seshanba kuni tushdan keyin uchib, Yaponiyaga qaytishi kerak edi. Ammo Kisida allaqachon Hindistonni tark etib, Ukrainaga yo‘l olgan.

U 21 mart kuni Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!