Yaponiya bir marta ishlatiladigan niqoblar tahdidi haqida ogohlantirdi 

Yaponiya bir marta ishlatiladigan niqoblar tahdidi haqida ogohlantirdi 

COVID-19 dan himoya qilish uchun bir marta ishlatiladigan niqoblar bilan atrof-muhitni ifloslantirish xavfi mavjud, deya ogohlantirmoqda Yaponiyaning Kiodo agentligi.

Agentlik guvohlarning ma’lumotiga ta’yanib Yaponiya sohillari bo‘ylab tashlab ketilgan niqoblar suvga tusha boshlaganini ma’lum qilmoqda. 

Atrof-muhitdagi tibbiy chiqindilar miqdori Turkiya va Yevropa mamlakatlarida ham ortdi, deydi agentlik.

Shuningdek, Fransiya ekologlari ham yaqinda dengizda meduzadan ko‘ra ko‘proq niqoblar paydo bo‘lishidan qo‘rqishmoqda. 

Niqoblar, lateks qo‘lqoplar va koronavirusdan himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalanishning ko‘payishi dunyo okeanlarining yanada ifloslanishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi agentlik. Agar hozir choralar ko‘rilmasa, ekologlarning ogohlantirishicha, insoniyat haqiqiy falokatga duch keladi.

Kiodo shuningdek, Gonkongda joylashgan OceansAsia'ga asoslanib, ushbu oy boshida niqoblar nafaqat qirg‘oq bo‘ylab tarqalibgina qolmay, balki boshqa axlatlar bilan birga baliq ovlash to‘rlarida ham ushlangani haqida xabar bergan.

"Bitta yuz niqobi insonlar iste’mol qiladigan baliqlarda va dengiz tuzida mavjud bo‘lgan mikroplastik zarrachalarga aylanishi uchun yuz yil kerak bo‘ladi", deb ogohlantiradi OceansAsia.

Iloji boricha ko‘p marotaba ishlatiladigan niqoblarga o‘tishni tavsiya qildi. Xususan, Tokioda yaponlar deyarli barchasi ko‘chalarda va transportda niqob taqib yurishmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!