Yangi o‘quv yilidan ingliz tili Kembrij metodikasi asosida o‘qitiladi

Yangi o‘quv yilidan ingliz tili Kembrij metodikasi asosida o‘qitiladi

Yangi o‘quv yilidan ingliz tili hamda informatika fani Kembrij darsliklari va metodikasi bo‘yicha o‘qitiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021/2022 o‘quv yili uchun 1-, 2-sinflarda 154 nafar mualliflar ishtirokida 326 nomda zamonaviy o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilgan.

Yangi o‘quv yilidan boshlab 1-11 sinflarda ingliz tili hamda 5-11 sinflarda Informatika fani Kembrij darsliklari va metodikasi bo‘yicha o‘qitiladi. USAID xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha doirasida jami 46 nomdagi o‘quv adabiyotlari O‘zbekistonga moslashtirildi, tarjima qilindi hamda tajriba-sinovdan o‘tkazilgan.

Shuningdek, milliy sinflar uchun 2-11 sinf rus tili darsliklari hamda o‘qituvchi kitobi, mashq daftarlari, jami 20 nomdagi adabiyotlarning original maket loyihasi Gertsen Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan tayyorlangan. Shuningdek, nemis tili o‘qitiladigan sinflarda joriy yilda Germaniyaning “Klett” nashriyotining 28 nomdagi Nemis tili darsliklari amaliyotga kiritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!