Yangi iPhone’da kamchilik aniqlandi

Yangi iPhone’da kamchilik aniqlandi

Reddit tarmog‘i foydalanuchilari yangi iPhone XS smartfonining ekranida kamchilik borligidan shikoyat qildi. Yorug‘lik eng kam darajada ishlatilganda ekranning qora rangi olovrang tusli kulrang kabi aks etadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Foydalanuvchilardan biri iPhone X va XS ishini taqqosladi. Twitter mobil dasturini ishlatish chog‘ida ekran tungi qora rejimda ishlaganda, farq aniq sezilgan.

Apple smartfonlar ta’miri narxi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. iPhone XS displeyini almashtirish uchun qurilma egasiga 329 dollar kerak bo‘ladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!