Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?

Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 20 avgust kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +18...+20, kunduzi +34...+36 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 10-15 m/sga yetadi.

Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +18...+23, kunduzi +32...+37 daraja bo‘lishi hamda 5-10 m/s tezlikda shamol esishi kutilmoqda.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +32...+37 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/sga yetadi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 darajagacha ko‘tariladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!