Yandex Go O‘zbekistonda taksiga buyurtma berish korporativ xizmatini ishga tushirdi

Yandex Go O‘zbekistonda taksiga buyurtma berish korporativ xizmatini ishga tushirdi



Endi Toshkentda kompaniyalar Yandex Go’dan biznes uchun foydalanishlari mumkin. Kelgusida ushbu xizmatni O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu kompaniya xodimlarining ish safarlarini tashkil etishini osonlashtiradi: endi ilova orqali taksi chaqirish mumkin, safar hisobotlari esa shaxsiy kabinetda aks ettiriladi. Ushbu parametr shahar bo‘ylab xodimlar uchun ish safarlarini tashkil qilish, hamkorlar va mijozlar uchrashuvlari uchun transfer tashkil qilish, shuningdek, boshqa korporativ vazifalar uchun foydalidir.

🧑‍💻 “Bu bilan har qanday yirik kompaniyalar ham o‘z xodimlariga tanish ilova orqali korporativ taksi buyurtma qilish xizmatidan oson foydalanishni ta’minlay oladi. O‘zbekistonda tadbirkorlar haqiqatan ham mahsulotni kutishganini birinchi murojaatlar va mijozlardan ko‘rib turibmiz”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!