Yana bir mamlakat Rossiyaga qarshi sanksiya kiritdi

Yana bir mamlakat Rossiyaga qarshi sanksiya kiritdi

Chernogoriya Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etdi.

"Bu juda qiyin qaror", — dedi respublika prezidenti Yakov Milatovich Chexiyadagi Globsec xavfsizlik forumidagi nutqi chog‘ida.

Davlat rahbarining tushuntirishicha, avvalroq mamlakat turizmdan keladigan daromadning 30 foizini Rossiyadan olgan.

«Biz buni qildik, chunki tashqi siyosatimizni Yevropa Ittifoqi bilan muvofiqlashtirishimiz lozim edi», — deya Milatovich.

Eslatib o‘tamiz, Globsec forumi Pragada 30 avgustdan 1 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 10 nafar davlat rahbari, shuningdek, 20 nafar mudofaa va tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda. Forumning asosiy mavzularidan biri Ukraina mojarosi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!