Yana bir davlatda 28 dekbardan ommaviy emlash boshlanadi

Yana bir davlatda 28 dekbardan ommaviy emlash boshlanadi

Ummon sultonligida 28 dekabrdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi. Bu haqda Ummon hukumatining ONA rasmiy sayti 22 dekabrda xabar bergan.    

Ummon Sog‘liqni saqlash vaziri Ahmad Al-Saidining ta’kidlashicha, mamlakatga 23 dekabr kuni 15 600 dozada Pfizer vaksinasi olib kelinadi. Shuningdek, Ummon iyunga qadar 28 mingta vaksinani qabul qilib olishga kelishgan. Bu mamlakatda surunkali kasalliklarga chalinganlar va tibbiyot xodimlari birinchi bo‘lib emlanadi.

«Sultonlikning biron bir hududida qat’iy cheklovlar joriy qilish uchun hech qanday ko‘rsatma yoki ehtiyoj yo‘q. Ayni paytda epidemiologik nazorat yaxshi olib borilmoqda. Agar Oliy qo‘mita kelajakda mamlakatda cheklovlar o‘rnatilishi bo‘yicha qaror qilsa, ular ma’lum hududlarda joriy qilinadi xolos» deydi Al-Said.    Ummon xukumati Britaniyada tarqalayotgan koronavirusning yangi turi mamlakatga kirib kelishining oldini olish uchun 22 dekabr soat 01: 00 dan boshlab o‘z chegaralarini bir haftaga yopdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!