Yana bir davlat dekabrgacha qat’iy karantinga qaytdi

Yana bir davlat dekabrgacha qat’iy karantinga qaytdi

Irlandiya hukumati koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli mamlakatda 6 haftalik karantin kiritishga qaror qildi. Karantin 21 oktyabrdan boshlab amal qiladi. Mamlakatda maksimal darajadagi epidemiologik xavf e’lon qilindi.  

Karantin doirasida oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan tashqari, barcha do‘konlar yopiladi, sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari, fitnes klublar ishlashdan to‘xtaydi. Umumiy ovqatlanish ob’ektlari taomlarni o‘zi bilan olib ketish yoki uyga yetkazib berishgagina ishlaydi. Fuqarolarga uylaridan 5 kmdan ko‘proqqa uzoqlashish taqiqlanadi. Shu bilan birga, bolalar bog‘chalari, maktablar va qurilish ob’ektlari faoliyatini davom ettiraveradi. 

Shuningdek, hukumat fuqarolardan aloqalarni cheklashga chaqirgan.

Karantin muddati yakunlangach, vaziyat baholanib, keyingi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 18 oktyabrda 1,2 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati qayd etilgan. Jami kasallanish holatlari soni 50 mingga yaqinlashib qolgan, virus 1852 irlandning hayotiga zomin bo‘lgan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!