“Yagona olimpiada – 2023” g‘olibi aniqlandi

“Yagona olimpiada – 2023” g‘olibi aniqlandi

Har yil O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi tomonidan respublikadagi 9 ta o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Yagona olimpiada-2023” bilimlar bellashuvi o‘tkaziladi. Bu yil mazkur tanlovning yakuniy respublika bosqichi Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir Qur’on tilovati bilan boshlandi. Tanlovni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Uyg‘un domla G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib, olimpiada ishirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, ishtirokchi talabalar biletlarni olib, savollarga tayyorgarlikni boshladilar.

Yagona olimpiadada talabalar Arab tili, fiqh va aqoid fanlari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazildi. Ularning ishlarini Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari hamda Mir arpb oliy madrasasi pedagog-o‘qituvchilari baholab bordi. Tanlovning respublika bosqichida quyidagi natijalar qayd etildi:

I-o‘rinni “Mir Arab” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi Xojiyev Muhammadamin Abdumutallib o‘g‘li qo‘lga kiritdi. U “Vaqf” xayriya jamoat fondi granti asosida oliy diniy ta’lim muassasasiga konkurssiz o‘qishga kirish, 1-darajali diplom va muzlatgich sohibiga aylandi;

II-o‘rinni “ Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi Mamirov Abdulaziz Abdivohid o‘g‘li oliy diniy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi uchun imtihon natijalari bo‘yicha o‘zi to‘plagan balning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball qo‘shib berish imtiyozi, 2-darajali diplom va mikroto‘lqinli isitgichni qo‘lga kiritdi;

III-o‘rinni “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom islom ta’lim muassasasi Uzoqov Abdimanon Maxmatqobilovich oliy diniy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi uchun imtihon natijalari bo‘yicha o‘zi to‘plagan balning 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ball qo‘shib berish imtiyozi, 3-darajali diplom va elektor choynak bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘rin egallamagan ishtirokchilarga (jami 6 nafar) kitoblar to‘plami va faxriy yorliqlar topshirildi.

Alloh taolo olimpiada g‘oliblariga imtiyoz va sovrinlarni muborak qilsin, ezgulik yo‘lidagi musobaqalarini bardavom bo‘lishini nasib etsin!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!