XXR rahbari Si Jinpin Serbiyaga tashrif buyurishi mumkin

XXR rahbari Si Jinpin Serbiyaga tashrif buyurishi mumkin

XXR rahbari Si Jinpin 7 may kuni Xitoyning Belgraddagi elchixonasiga AQSh tomonidan zarba berilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan Serbiyaga tashrif buyurishi mumkin.

Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, tashrifning aniq sanasi hali tasdiqlanmagan va unga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

"Si Jinpinning G‘arbni Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamagan Serbiyaga tashrifi “Xitoy Rossiyaning tarafdori bo‘lishda davom etish va u bilan hamkorlikni chuqurlashtirish” niyatida ekanligini aniq ko‘rsatib beradi", — deya izohlaydi Nyu-Yorkda joylashgan Asia Society Policy tahlil markazi eksperti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!