Xorvatiyada parlament saylovlariga hozirlik ko‘rilmoqda

Xorvatiyada parlament saylovlariga hozirlik ko‘rilmoqda

17 aprel, chorshanba kuni Xorvatiyada mamlakat parlamentiga navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Saylovdan oldingi so‘rovlarga ko‘ra, hukmron o‘ng markazchi Xorvatiya Demokratik Ittifoqi (HDZ) partiyasi favorit hisoblanadi.

3,7 million saylovchi ovoz berish huquqiga ega.

Qonun chiqaruvchi organ 151 o‘rindan iborat.

Deputatlik mandati uchun 2302 nomzod kurash olib boradi. 140 nafar deputat butun mamlakat bo‘ylab saylov okruglaridan, 3 nafar deputat diasporadan, 8 deputat esa milliy ozchiliklarga tegishli.

Saylovda ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 19:00 gacha davom etadi.

Saylovda «Adolat daryolari» alyansi, «Ona yurt» harakati, «Ko‘pchilik va hamkorlar», «Biz qila olamiz» bloklari va Stria Demokratik partiyasi (IDP) ham ishtirok etmoqda.

Xorvatiya Prezidenti Zoran Milanovich mamlakatda 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida ishtirok etishi haqida bayonot berdi. Siyosatchiga ko‘ra, agar u g‘alaba qozonsa, prezidentlikdan ketadi va parlamentdagi yangi ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlashi bilan hukumatga boshchilik qiladi.

Xorvatiyada parlament saylovlari har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. 2020 yil 5 iyulda bo‘lib o‘tgan avvalgi parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, XDY 66 ta o‘rinni qo‘lga kiritib, ishonchli g‘alaba qozongan edi.

Xorvatiya Yevropa Ittifoqining eng yosh a’zosi. Mamlakat hamjamiyatga 2013 yilda qo‘shilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!