Xorijlik fuqarolarga viza tayyorlab berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Xorijlik fuqarolarga viza tayyorlab berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.M. boshqa bir fuqaro YU.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 500 AQSh dollari evaziga uning tanishlari bo‘lgan 3 nafar xorij fuqarosiga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini tayyorlab berishni va’da qilib, jami 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!