Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
2019 yil 1 yanvardan fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilgan.
Nizomga muvofiq, xorijga chiqish biometrik pasporti har qanday davlatga chiqishda amal qiladi.
Mazkur pasport quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha ikki yil muddatga;
bir yoshdan 16 yoshgacha 5 yil muddatga;
16 yoshdan oshgan shaxslarga 10 yil muddatga.
Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy ro‘yxatda turadigan joylaridagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (pasportniy stol) quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
ariza-anketa;
biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti ( mavjud bo‘lsa);
harbiy guvohnoma harbiy xizmatga majburlar uchun;
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya;
ota-onalar, vasiylarning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi voyaga yetmaganlar uchun;
fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati voyaga yetmaganlar uchun.
Mazkur pasport o‘n ish kunida beriladi. Fuqaro zudlik bilan chiqib ketishi talab qilinadigan hollarda, shoshilinch davolanish zarur bo‘lganida, yaqin qarindoshi og‘ir kasal bo‘lganida yoki vafot etganida pasport 5 ish kunidaberiladi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:
shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
shaxs ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratida bo‘lsa;
shaxsga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa;
shaxsga nisbatan sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa;
shaxs o‘zi to‘g‘risida qasddan sohta ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;
shaxs xorijda bo‘lganida borgan mamlakatining qonunlarini buzganligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lsa.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.
АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.
Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.
Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.