Xitoyning Alibaba Holding kompaniyasi 6 ta kompaniyaga bo‘lindi

Xitoyning Alibaba Holding kompaniyasi 6 ta kompaniyaga bo‘lindi

Xitoyning Alibaba Holding kompaniyasi aksiyalari 15 foizga qimmatlashdi, bunga elektron tijorat giganti kompaniyani olti qismga bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilgani sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Euronews.

Alibaba Cloud Intelligence bulutli xizmatlar, Taobao Tmall - Xitoyda onlayn chakana savdo, International Digital Commerce - xalqaro onlayn chakana savdo, Local Life - oziq-ovqat yetkazib berish, Cainiao - logistika va Dawen Entertainment - raqamli media va o‘yin-kulgi bilan shug‘illanuvchi 6 ta kompaniyaga bo‘lindi.

Qayd etilishicha, yangi kompaniyalarning har biri o‘z boshqaruviga va direktorlar kengashiga ega bo‘ladi, ularda operasiyalarni moliyalashtirish butunlay mustaqil amalga oshiriladi.

Kompaniyaning bo‘linishi bozordagi o‘zgarishlarga tezroq javob berishga va yangi korxonalar qiymatini oshirishga qaratilgan. Ma’lum qilinishicha, kelajakda yangi kompaniyalar individual asosda kapitallashuvni oshirish maqsadida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Alibaba Group 1999 yilda xitoylik milliarder Jek Ma tomonidan asos solingan. 2022 yilda, Alibaba brendi Xitoyda ikkinchi o‘rinda turuvchi eng qimmat brend bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!