Xitoydan Afg‘onistonga jo‘natilgan yuk allaqachon Qirg‘izistonga yetib bordi. Keyingi bekat – Andijon

Xitoydan Afg‘onistonga jo‘natilgan yuk allaqachon Qirg‘izistonga yetib bordi. Keyingi bekat – Andijon

Xitoydan Afg‘onistonga Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali yangi yuk tashish yo‘nalishi ochildi.

“Qashg‘ar – O‘sh Andijon – G‘alaba – Hayratan” yo‘nalishi bo‘yicha konteyner poyezdi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Xitoy Qashg‘aridan O‘sh shahriga oziq-ovqat va maishiy texnika yuklarini tashish avtomobil, keyin temir yo‘l orqali amalga oshirildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston respublika hududi orqali tashishga 70 %lik chegirma taqdim etdi. Boshqa ishtirokchi davlatlar tomonidan 50% gacha bo‘lgan tarif imtiyozlari taqdim etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!