Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan ogohlantirish e’lon qilindi

Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan ogohlantirish e’lon qilindi

Xitoy Milliy ob-havo xizmati mamlakatning janubi-sharqiy va janubiy hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi munosabati bilan sariq darajadagi ogohlantirish e’lon qildi.

Xitoy Milliy meteorologiya markazi (MMM) ma’lumotlariga ko‘ra, dushanbadan seshanbagacha Fuszyan, Guandun va Guansi-Chjuan avtonom viloyati provinsiyalarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, Guandun provinsiyasining ayrim joylarida sutkalik yog‘ingarchilik miqdori 100-160 mm ni tashkil qiladi.

Ob-havo xizmati mahalliy hukumatlar va tegishli idoralarni xavfli tashqi quvvat manbalarini o‘chirishga va ochiq joylarda ishlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Shuningdek, shaharlar va qishloq xo‘jaligi yerlarida drenaj tizimlarini tekshirish, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar, masalan, tog‘ oqimlari, ko‘chki va sel oqimlari haqida ogohlantirish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda og‘ir ob-havo sharoiti haqida to‘rt darajali ogohlantirish tizimi mavjud bo‘lib, xavfning eng yuqori darajasi qizil, undan keyin to‘q sariq, sariq va ko‘k ranglar bilan ko‘rsatilgan.

Avvalroq Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik tufayli 11 kishi bedarak yo‘qolganligi ma’lum qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!