Xitoy yana koronavirus ma’lumotlarini yashirganlikda ayblanmoqda. Nega?

Xitoy yana koronavirus ma’lumotlarini yashirganlikda ayblanmoqda. Nega?

Xitoy Xalq Respublikasi koronavirusning birinchi tarqalishidan keyin kasallikning tarqalishi va yuqtirganlar soni to‘g‘risida ma’lumotlarni yashirmadi, deya xabar beradi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin.

Avvalroq, Blumberg manbalarga tayanib, Xitoy ushbu kasallik haqida zararlarni kamaytirib ko‘rsatganini aytdi. Oq uy xitoyliklarning virusni yuqtirganlar soni bo‘yicha ma’lumotlari qanchalik to‘g‘ri ekanligini tasdiqlay olmadi.

Xua Chuninning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy yuqtirganlar haqidagi ma’lumotlarni yashirmaydi. Uning ta’kidlashicha, yanvar oyida mamlakat dunyo hamjamiyatiga COVID-19ni tarqatish to‘g‘risida xabar bergan.

"Xalqaro epidemiologik vaziyatni baholashga kelsak, bu borada vakolat yolg‘on tarqatayotgan siyosatchilarga emas, balki JSST va epidemiologlarga tegishli", dedi Chunin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!