Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Polsha prezidentiga Rossiya-Ukraina mojarosidan chiqish yo‘lini izlash haqida gapirdi

Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Polsha prezidentiga Rossiya-Ukraina mojarosidan chiqish yo‘lini izlash haqida gapirdi

Xitoy yetakchisi Si Szinpin Pekinda Polsha prezidenti Anjey Duda bilan uchrashuvda Xitoy Ukrainadagi urushni o‘z yo‘li bilan hal qilishga intilishini aytdi.

«Si Szinpin Xitoyning Ukraina inqirozi bo‘yicha pozisiyasi tinchlik muzokaralari va siyosiy tartibga solishga ko‘maklashish ekanligini ta’kidladi», — deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Duda, o‘z navbatida, u Polshaning Rossiyaning Ukraina bilan urushiga, Rossiya va uning ittifoqchisi Belarus tomonidan ko‘rsatilayotgan migrasiya bosimiga, Yevropa va butun dunyo xavfsizligini himoya qilish zarurligiga bo‘lgan nuqtai nazarini batafsil bayon qilganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!