Xitoy Turkiyaga ishonadi

Xitoy Turkiyaga ishonadi

Xitoy tashqi ishlar vazirligi vaqtinchalik iqtisodiy qiyinchiliklardan o‘tishga Turkiyaning qudrati yetishiga ishonishini bildirdi.

Juma kuni berilgan bayonotda Tashqi ishlar matbuot kotibi Lu Kang: “Biz vaqtinchalik iqtisodiy qiyinchiliklar ustidan g‘olib kelishga Turkiya qodir ekaniga ishonamiz. Va tomonlar oralaridagi kelishmovchiliklarni muloqot yo‘li bilan hal qilishlariga umid qilamiz”, degan.

U, Xitoy oxirgi paytlarda Turkiya iqtisodiga qilinayotgan hujumlarni va ularning tashqi aloqasini kuzatib borayotganiga ishora qildi.

U o‘z fikrlarini aytarkan: “Turkiya muhim bozorga ega bo‘lgan mamlakatdir va Turkiyaning rivojlanishi va barqarorligi mintaqada tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shadi. Xitoy tomoni ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyot va moliya sohasida hamkorlikka doimo katta e’tibor beradi. Xitoy ikki tomonning bozor tamoyillariga muvofiq imzolangan hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb aytgan.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!