Xitoy Rossiyani boykot qilishga tayyor, agarda...

Xitoy Rossiyani boykot qilishga tayyor, agarda...

Xitoy Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarda Rossiya ishtirok etmasa, uni boykot qilishga tayyor. Navbatdagi tinchlik konferensiyasi Shveysariyada bo‘lib o‘tishi kerak.

Yaqinda Yevropaga tashrif buyurgan Xitoy emissari Li Xuy bu haqda Yevropa hukumatlariga xabar berdi. Agar Rossiya muzokaralarga taklif qilinsa, Xitoy ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor, deb yozadi Politico.

Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpinning may oyi boshida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Fransiyaga tashrifi arafasida ma’lum bo‘ldi. Tashrif maqsadlaridan biri yevropaliklarni Rossiyani muzokaralarga taklif qilishga ko‘ndirishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!