Xitoy COVID-19 ga qarshi kurashda 89 mamlakatga yordam berdi

Xitoy COVID-19 ga qarshi kurashda 89 mamlakatga yordam berdi

Xitoy 89 davlatga va to‘rtta xalqaro tashkilotga yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yordam ko‘rsatdi, deya xabar berdi Xitoy Xalqaro Rivojlanish Hamkorlik Agentligi.

Ayni vaqtda yordam dasturlarining yangi bosqichi tayyorlanmoqda, deya qo‘shimcha qildi departament boshlig‘i o‘rinbosari Den Bosin Pekinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda Xitoy Osiyoning 28 davlat, Yevropaning 16, Afrikaning 26, Amerikaning to‘qqiz va Tinch okeanining janubiy qismidagi 10 mamlakatini turli xil yordamlar, shu jumladan, maxsus tibbiy guruhlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!