Xersh: 2023 yilning yozi va kuzi Yevropa uchun falokatga aylanadi

Xersh: 2023 yilning yozi va kuzi Yevropa uchun falokatga aylanadi

Amerikalik tadqiqotchi jurnalist Seymur Xersh RT telekanaliga bergan intervyusida 2023 yilning yozi va kuzi Yevropa uchun falokatga aylanishini aytdi.

Jurnalist misli ko‘rilmagan inflyasiyani qayd etib, Yevropadagi umidsiz vaziyat haqida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari “etarli miqdorda ishlab chiqarilmaydigan va narxi 3-4 barobar qimmatga tushadigan” suyultirilgan gaz bilan kurashishga harakat qilmoqda.

“Ular o‘z mamlakatlari aholisini isitish uchun yetarli gazga ega bo‘lmaydi. Nafaqat Germaniyada, balki G‘arbiy Yevropada ham shunday vaziyat”, - deydi u.

Jurnalist, shuningdek, ilgari Rossiya gazi shunchalik ko‘p bo‘lganki, Germaniya uni qayta sotishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "ortiqcha rus gazini boshqa kompaniyalarga sotuvchi kompaniyalar bo‘lgan", ammo "hozir bularning barchasi yo‘qolgan".

Xershning qayd etishicha, G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari samara bermagan.

“Sanksiyalar ish bermadi. McDonalds ketgan bo‘lishi mumkin, lekin ular hali ham gamburger sotishadi. Mamlakat o‘lmaydi, odamlar u yerda o‘zlari uchun yashaydi ”, dedi Xersh.

Uning fikricha, “bu yilning yozi va kuzi Yevropa uchun falokatga aylanadi”.

“Va [bu] Baydenning boshiga tushadi. U o‘zini [Demokratik partiyadan] qayta saylanish yoki qayta nomzod qilib ko‘rsatish imkoniyatini kafolatlamoqchi edi. Bu barbod bo‘ladi”, deb bashorat qilmoqda jurnalist.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!