Xatirchida fuqaro uchdan ortiq odamni nomiga ularning xabardorligisiz kredit oldi

Xatirchida fuqaro uchdan ortiq odamni nomiga ularning xabardorligisiz kredit oldi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenttning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro SH.T., “X.” MFY bo‘yicha hokim yordamchisi A.D. fuqaro N.J. va boshqalarning nomiga ularning xabardorligisiz baliqchilik va asalarichilik faoliyatini rivojlantirish uchun 354,9 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni boshqa MCHJlarga o‘tkazish orqali talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!