Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar 4 medalni qo‘lga kiritdi

Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar 4 medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegasiyasi XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ayni paytgacha 4 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ilk medal akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova hisobiga yozildi. Sportchilar final dasturida marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va kumush medalini qo‘lga kiritishdi.

Akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yengil vaznli sportchilar bahsida o‘zbekistonlik Shahzod Nurmatov hamda Sobirjon Safaraliyevlar bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin va kumush medallari esa Xitoy hamda Hindiston jamoalariga nasib etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!