"Xalyk Bank" Tojikistondagi sho‘’ba bankini tugatishga qaror qildi

"Xalyk Bank" Tojikistondagi sho‘’ba bankini tugatishga qaror qildi

Qozog‘istonning eng yirik banklaridan biri - Xalyk Bank o‘zining Tojikistondagi filialini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qayd etilishicha, qaror sho‘ba bank faoliyati va rivojlanish istiqbollarini har tomonlama tahlil qilish asosida qabul qilingan.

"Xalyk Group resurslarni jamlash va keyingi o‘sish uchun katta salohiyatga ega, yuqori samarali va daromadli loyihalarga e’tibor qaratish maqsadida Tojikistonda loyihadan chiqishga qaror qildi", - deyiladi xabarda.

"Xalyk Bank Tojikiston" 2017 yilda Kazkomersbankni sotib olish natijasida "Xalyk" guruhiga kirgandi.

Ma’lumki, Xalyk Bank O‘zbekiston bozoriga 2019 yilda o‘zining sho‘’ba banki - Tenge Bank'ni tashkil etib kirib kelgandi. Tenge Bank dastlabki yilni moliyaviy zarar bilan yakunlagan bo‘lsa-da, 2020 yilni 22,0 mlrd. sof foyda bilan, 2021 yil 1-yarim yillikni esa, 38,6 mlrd. so‘m sof foyda bilan yakunlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!