Xalqaro kosmik stansiyani ilk marta yevropalik ayol boshqarmoqda

Xalqaro kosmik stansiyani ilk marta yevropalik ayol boshqarmoqda

Italiyalik astronavt Samanta Kristoforetti Xalqaro kosmik stansiya (XKS) qo‘mondoni bo‘lgan birinchi yevropalik ayol bo‘ldi, deya xabar bermoqda Euronews telekanali.

45 yoshli Kristoforetti chorshanba kuni Oleg Artemyev o‘rnini egalladi.

Uning vazifalariga quruqlikdagi guruhlar bilan aloqa qilish va favqulodda vaziyatlarda ekipajning harakatlarini muvofiqlashtirish kiradi.

Evropa kosmik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, u kosmonavtlarning orbitadagi ishi va farovonligi uchun ham javobgardir.

Samanta Kristoforetti 1977 yilda Milanda tug‘ilgan. U mashinasozlik bo‘yicha tahsil oldi, so‘ng Italiya havo mudofaasi kuchlariga uchuvchi sifatida bordi.

2009 yilda u Yevropa kosmik agentligi tomonidan Italiyadan kelgan birinchi ayol kosmonavt sifatida tanlandi.

2015 yilda u bir parvozda koinotda 200 kun bo‘lib, rekord o‘rnatgan. Shuningdek, u TikTokda o‘zining quvnoq ta’limiy videolari bilan odamlarning e’tiborini qozondi.

Samanta Kristoforetti besh tilda so‘zlashadi: italyan, ingliz, nemis, fransuz va rus. U, shuningdek, YUNICEF elchisi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!