Vladimir Zelenskiy Turkiyadagi restoranda ovqat pishirdi

Vladimir Zelenskiy Turkiyadagi restoranda ovqat pishirdi

Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Bodrum kurortida oilasi bilan dam olmoqda, deb xabar berdi Daryo.uz.

Qayd etilishicha, siyosatchi Gyuverjinlik kvartalidagi besh yulduzli mehmonxonalardan birida to‘xtagan.

Kuni kecha Zelenskiy oilasi bilan birga Bodrumdagi restoranlardan birida ovqatlangan. U kunini xursandchilikda o‘tkazgan, restoran xodimlari bilan hazillashgan va hatto vaqtincha oshpazning o‘rniga o‘tib, grilda go‘sht pishirgan. Restoranga faqatgina Anadolu agentligi suratkashi kiritilgan , deyiladi xabarda.

Yangi saylangan prezident joylashgan mehmonxona hududi va u tashrif buyuradigan ob’ektlarda maxsus xavfsizlik choralari ko‘rilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!