Vinisius Juniorning qizil kartochkasi bekor qilindi

Vinisius Juniorning qizil kartochkasi bekor qilindi

Ispaniya futbol federasiyasining musobaqalar qo‘mitasi “Real” hujumchisi Vinisius Juniorning “Valensiya”ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan vaziyat bo‘yicha qaror chiqardi.

Qizil kartochka bekor qilindi, shuning uchun 22 yoshli braziliyalik futbolchi "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘ynay oladi.

Uchrashuv chog‘ida Vinisius “Valensiya” muxlislari bilan mojaroga uchradi. Futbolchi bir necha bor tribunadan o‘ziga nisbatan qilingan irqchi haqoratlarga e’tibor qaratgan. Qo‘shib berilgan vaqtda maydonda janjal kelib chiqdi, videotakrorni ko‘rgandan so‘ng hakam "Real Madrid" hujumchisini chetlatishga qaror qildi. Biroq ertasi kuni hakam ushbu epizoddagi xatosi uchun diskvalifikasiya qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!