Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan sud orqali fuqarolarning 285 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘lari tejab qolingan

A A A
Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan sud orqali fuqarolarning 285 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘lari tejab qolingan

Prezidentimizning 2020 yil 30 iyundagi topshirig‘iga muvofiq tasdiqlangan Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyadan holi xududga aylantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sudlar faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini oshirish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi, Toshkent tumanlararo iqtisodiy va ma’muriy sudlari tomonidan 2021 yilning 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish maqsadida BRIFING tashkil qilindi.

Brifingda Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi raisi Dilshod Kamilov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi rais o‘rinbosari Akmal Mirzaxanov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi Mansur Imomov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sarvar Soliyev, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Jonibek Boboyev o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berishdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi tomonidan qancha miqdorda davlat boji undirilgan?

2021 yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi tomonidan jami 3520 ta fuqarolik ishi ko‘rib tamomlangan. Shuningdek, tumanlararo sudi tomonidan 1747 ta arizalar bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1459 taga ko‘paygan.

Shuningdek, brifingda tamomlangan fuqarolik ishlarining 3520 tasi bo‘yicha hal qiluv qarorlari chiqarilib, shundan 2059 tasi bo‘yicha da’vo talablari to‘liq, 426 tasi bo‘yicha qisman qanoatlantirilgani va 529 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad qilinib, 66 ta fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish tugatilgani, 445 ta fuqarolik ishi bo‘yicha da’vo arizalari ko‘rmasdan qoldirilgani ma’lum qilindi.

— Tumanlararo sud sudyalarining bir oylik o‘rtacha ish hajmi 73 ta fuqarolik ishiga, 36 ta sud buyrug‘i tartibidagi arizalarga, jami fuqarolik ishlari va sud buyrug‘i tartibidagi arizalar qo‘shib hisoblanganda 109 ta ishni tashkil etgan.

Tumanlararo sudi hal qiluv qarorlarining 202 tasi apellyasiya, kassasiya va nazorat tartibida ko‘rilgan. Mazkur ishlarning 35 tasi bekor qilingan bo‘lsa, 28 tasi qisman o‘zgartirilgan.

O‘tgan davr mobaynida da’vo taqdim etishda to‘langan davlat boji 1.463.806.138 so‘mni, sud qarori bilan undirilgan davlat boji 6.654.501.101 so‘mni, sud buyrug‘i chiqarishda undirish belgilangan davlat boji 477.379.650 so‘mni tashkil qilgan, - dedi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi Mansur Imomov.

O‘tgan davr mobaynida o‘tkazilgan sayyor majlislar soni umumiy ko‘rilgan ishga nisbatan 19,6 foizni tashkil qilgan, ya’ni o‘tgan davr mobaynida sudyalar tomonidan 693 ta sayyor majlislar o‘tkazilgani ham ta’kidlandi.

Iqtisodiy sudlarda ishlar soni o‘tgan yilga nisbatan necha foizga ko‘paygan?

Brifingda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2021 yilning 7 oyi davomida odil sudlovni amalga oshirish faoliyati davomida fuqarolar, tadbirkorlik sub’eklari va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini mustahkamlashga e’tibor qaratilganiga urg‘u berildi.

Mazkur sudga hisobot yili davrida jami 19 825 ta da’vo arizalar kelib tushgan. O‘tgan yildan 2021 yilga qoldiq bo‘lib o‘tgan ishlar soni 1 963 tani tashkil etadi. Shundan 19 685 tasi ish yuritishga qabul qilinib, hisobot davrining oxiriga qadar 19 825 tasi ko‘rib chiqilgan, shundan 46 ta sud buyrug‘i berilgan. Ko‘rib chiqilgan ishlarning 16 259 tasi bo‘yicha da’vo talabi qanoatlantirilgan, 2 365 tasi bo‘yicha da’vo talabini qanoatlantirish rad etilgan, 651 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 550 ta da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Chilonzor tumanida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga o‘tgan davr mobaynida qancha da’vo arizalari kelib tushgani bilan qiziqdik. Mazkur savolga Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sarvar Soliyev javob berdi:

— 2021 yilning 7 oyida jami 6 141 ta da’vo arizalar ko‘rilgan. Shundan 3 477 tasi qanoatlantirilgan, 42 tasi bo‘yicha bankrot deb topilgan, 518 tasi rad qilingan, 138 tasi bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirilgan, 68 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 945 tasi mazmun ko‘rib chiqish boshqa sudga yuborilgan, 15 tasi bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilgan.

Chilonzor tumanida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sudga da’vo arizasi berganda 2 844 850 622 so‘m miqdorida respublika byudjetiga davlat boji ixtiyoriy to‘lagan, 11 232 211 711 so‘m miqdorida davlat boji sud qaroriga asosan respublika byudjetiga undirib olingan.

Bundan tashqari da’vogarlar foydasiga ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha 366 341 678 090 so‘m miqdorida qarzdorlik summasini undirish yuzasidan sud hujjati chiqarilgan.

Jami 860 ta sud majlisi videokonferensaloka rejimida o‘tkazilgan. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning 1 140 nafar vakili o‘zlari joylashgan hududlardan chiqmagan holda, videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan sud majlislarida qatnashib, ularning 285 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘lari tejab qolingan.

Sud majlislarining tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini oshirish, tomonlarga sud prosessida qatnashib, xuquq va manfaatlarini himoya qilishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida 19 825 ta ishlarning 6 529 tasi yoki 33 foizi sayyor sud majlislarida hal etilgan.

Iqtisodiy sudlar tomonidan ishlarni ko‘rish jarayonida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan 58 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgan. Xususan, 4 ta ma’muriy, 2 ta moddiy, 47 ta intizomiy chora qo‘llash haqida hamda aniklangan qonunbuzarliklarning oldini olish va kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan esa 5 ta xususiy ajrim va taqdimnomalar chikarilgan.

Aholiga islohotlar mazmunini tushuntirish, amaldagi qonunchilikni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish yuzasidan jami 174 marta ma’ruza va suhbatlar o‘tkazilgan.

Tadbirkorlik sub’ektlaridan iqtisodiy sudlarga elektron shaklda yuborilgan da’vo arizalari 8 148 tani tashkil etgan.

Iqtisodiy sudlarda umumiy ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 52,9 foizga ko‘paygan.

Takroriy murojaatlar sonining sezilarli darajada kamayishiga erishildimi?

Brifingda Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan 2021 yil 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Jonibek Boboyevning ma’lum qilishicha, jami 1 211 ta (Chilonzor tumani kesimida 183 ta, Uchtepa tumanida esa 79 ta) shikoyat (ariza)lar ish yurituvga qabul qilingan bo‘lib, shundan 1048 tasi mazmunan ko‘rilgan (Chilonzor tumani 146 ta, Uchtepa tumani 40 ta), 672 tasi qanoatlantirilgan (Chilonzor tumani 76 ta, Uchtepa tumani 6 ta), 336 tasi rad qilingan (Chilonzor tumani 70 ta, Uchtepa tumani 1 ta), 62 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan (Chilonzor tumani 16 ta, Uchtepa tumani 1 ta) va 141 tasi bo‘yicha esa ish yuritish tugatilgan (Chilonzor tumani 21 ta, Uchtepa tuman kesimida boshqa sudga o‘tkazilgan va ish to‘xtatilgan ishlar mavjud emas).

Shikoyat (ariza)si prosessual qonun talablariga mos holda taqdim etilmaganligi bois, 894 tasi ish yurituviga qabul qilinmasdan qaytarilgan va qabul qilish rad etilgan (Chilonzor tumani 88 ta, Uchtepa tumani 39 ta).

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 2021 yil 7 oyida jami 78 ta ishlar sayyor sud majlisida ko‘rilgan. Shundan 19 tasi Chilonzor tumani, 8 tasi Uchtepa tumaniga to‘g‘ri keladi.

Dastlab sudga ariza bilan murojaat qilishda ixtiyoriy to‘langan davlat bojlari 1.207.000.000 so‘m sudning hal qiluv qarorlari bilan undirilishi belgilangan hujjatlari qabul qilingan (Uchtepa tumani 11.961.000 so‘m).

Mazmunan ko‘rilgan ishlarning ish toifalari bo‘yicha ajratadigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Ma’muriy organlar, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarning va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar 1.012 ta,
  • Saylov komissiyalarining harakatlar (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risida 1 ta,
  • Notarial harakatni amalga oshirishni rad etilganligi yoxud notariusning mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar 5 ta,
  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoxud mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar 23 ta,
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish ustidan shikoyat qilish to‘g‘risida 1 ta,
  • Lisenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida 3 ta
  • Lisenziyasining amal qilish muddatini tugatish yuzasidan 16 tani tashkil qiladi.

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan birinchi instansiya sudida ko‘rilgan ishlarning 357 tasi apellyasiya instansiyasida ko‘rilgan. Bu jami ko‘rilgan ishlarning 34 foizini tashkil etadi. Shundan, 85 tasi, ya’ni jami ko‘rilgan shikoyatga nisbatan 23,8 foizi bekor qilingan, 10 tasi, ya’ni jami ko‘rilgan shikoyatga nisbatan 0,02 foizi o‘zgartirilgan, 250 tasi, ya’ni jami ko‘rilgan shikoyatga nisbatan 70 foizi o‘zgartirishsiz qoldirilgan.

Ushbu davrda kassasiya instansiyasida ko‘rilgan ishlar soni 17 tani tashkil etib, bu jami ko‘rilgan ishlarning 0,1 foizini tashkil etadi. Shundan, 8 tasi, ya’ni jami ko‘rilgan shikoyatga nisbatan 47 foizi bekor qilingan, 1 tasi, ya’ni jami ko‘rilgan shikoyatga nisbatan 17 foizi o‘zgartirilgan.

— Jismoniy shaxslar, tadbirkorlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan kelib tushgan ariza va shikoyatlarni ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va natijalarini xabar qilish kabi faoliyati, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan belgilangan boshqa vazifalarning ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan o‘tgan davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarning sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini oshirish, ularning murojaatlari sonini oshishiga sabab bo‘luvchi omillarni o‘rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sudlarga murojaat qilish madaniyatini oshirish maqsadida shaxsiy sayyor qabullarda hamda aholi bilan uchrashuvlarda fuqarolarga amaldagi qonun hujjatlari talablari, sudga elektron tarzda murojaat qilish va videokonferensaloqa tizimi orqali sud raislarining shaxsiy qabullariga murojaat topshirish imkoniyatlari va uning afzallik tomonlari tushuntirildi. Natijada, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar, shu jumladan takroriy murojaatlar sonining sezilarli darajada kamayishiga erishildi, - deydi Jonibek Boboyev.

Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan sud orqali fuqarolarning 285 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘lari tejab qolinganVideokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan sud orqali fuqarolarning 285 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘lari tejab qolinganVideokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan sud orqali fuqarolarning 285 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘lari tejab qolingan

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga kelgan murojaatlar tahlil qilinganda, ma’muriy sudga jami 572 ta og‘zaki murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 165 tasi sayyor qabulda, 406 tasi bevosita idorada qabul qilingan ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.