Video: Qashqadaryoda haydovchi mashinasi bilan evakuatorga ortildi. IIB vaziyatga izoh berdi

A A A
Video: Qashqadaryoda haydovchi mashinasi bilan evakuatorga ortildi. IIB vaziyatga izoh berdi

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati YouTube videoxostingida «Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan katta tortishuv. Mashina haydovchisi bilan evakuatorga ortildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videoga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur videodagi holat 12 noyabr kuni xizmat taqsimotiga asosan viloyat IIB YHXB YPX inspektorlari safdorlar E.Bo‘ritoshev hamda M.Jonuzoqovlar «Qarshi—Shahrisabz» yo‘lining Yakkabog‘ tumani Oqtosh qishlog‘ida xizmat o‘tab turgan vaqtida sodir bo‘lgan.

70 Y 339 JA davlat raqamli Nexia avtomashinasi 3.24 yo‘l belgili («Yuqori tezlik cheklangan») 50 kilometr/soat tezlik cheklangan joyda 60 kilometr/soat tezlikda harakatlanib kelgan. YPX xodimlari buni Iskra-Video-2 rusumli tezlikni o‘lchash moslamasi yordamida aniqlab, ushbu avtomashina haydovchisi to‘xtatilgan. YPX inspektori haydovchiga o‘zini tanishtirib, sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha tushuncha berib, avtomashina boshqarishga oid hujjatlarini talab qilingan. Avtomashina haydovchisi fuqaro N.Qo‘yliyev hujjatlarini taqdim qilmasdan YPX xodimlaridan xizmat guvohnomasi, dislokasiyasi hamda Iskra-Video-2 tezlikni o‘lchash moslamasining sertifikatini ko‘rsatishni talab qilgan.

Haydovchining talabiga asosan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng haydovchi YPX inspektorlariga «radar o‘zi qayerda, nomerlari to‘g‘ri keladimi, meni oldimga olib keling» deb aytgan.

Safdor M.Jonuzoqov «Agar hujjatlarni taqdim qilmasangiz, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiramiz», deganida haydovchi «Yigitlar, bular menga tezlikka aytishyapti. Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumaniga qayerdan keldi bu bazatqilar», deb YPX inspektorlari bilan tortishgan.

Safdor M.Jonuzoqov haydovchining talabiga asosan to‘rt nafar guvoh chaqirtirganida haydovchi YPX inspektoriga dislokasiyada yo‘qligini aytib tortisha boshlagan.

Haydovchining talabiga asosan chaqirtirilgan guvoh o‘zini Temurmalik Karimov ekanligini aytib, haydovchidan o‘zini tanishtirishni so‘ragan. Safdor M.Jonuzoqov haydovchiga «Hurmatli haydovchi, agar ijtimoiy tarmoqlarga chiqarsangiz, qonun oldida javob berasiz», deb aytganida «Agar olsa, mendan pulimni oladi» deya YPX xodimlariga ters javob qaytargan. Shundan so‘ng safdor E.Bo‘ritoshev haydovchi M.Qo‘yliyevga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Haydovchi ma’muriy bayonnoma bilan tanishmagandan so‘ng guvohlar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi (Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi) va ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 may kunidagi 68-sonli buyrug‘ining 36-bandida «Ushlab turish sabablari bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar» deb ko‘rsatilganligiga asosan avtomashina jarima maydoniga qo‘yish uchun evakuatorga ortilgan.

Haydovchi esa mashinadan tushmasdan «Hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoyev! Yakkabog‘da yana bir noxush holat, o‘zingiz bularga jazo qo‘llaysiz» deb videotasvirni yakunlagan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron jasorat ko‘rsatmoqda

"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Toshkentda 49 yoshli shilqim qaynota qamaldi

Мазкур ҳолат юзасидан суд иши ЖИБ Янгиҳаёт туманида кўриб чиқилди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Durov: "Men rusman!"

Telegram асосчиси айбловларга раддия берди.

Isroil Germaniya kanslerining tanqidiga javob qaytardi

Шу билан бирга, элчи Фаластин давлатини тан олишга тайёрланаётган Франция, Малта ва Испанияни кескин танқид қилди.

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Россия Европанинг Украинага сарфлайдиганидан кўпроқ даромад олади.

“Putin o‘zgarib qolgan, bu menga yoqmayapti”

АҚШ президенти Доналд Трамп вазиятга аралашмаганида, Россия билан кўплаб "ҳақиқатан ҳам ёмон ҳодисалар" рўй берган бўларди.

Habib Nurmagomedov: "Dana, Islamga jang manzilini jo‘nat"

Енгил вазн тоифасида собиқ UFC чемпиони Ҳабиб Нурмагомедов промоушен раҳбари Дана Уайтга юзланди.

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Шунингдек, воқеа юзасидан қасддан баданга ўртача оғирликдаги тан жароҳати етказиш ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатилган

“Qamchiq” dovonida “Gentra” xandaqqa tushib ketdi

Яна бир автомобиль – “Мерседес” ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, йўл ўртасидаги темир тўсиққа урилган.

SWS3 — Xitoyning dronlarga qarshi qo‘rqinchli javobi

Хитой дронларга қарши янги зенит-ракета-тўп мажмуасини яратди.

Asirlikda halok bo‘lgan 200 nafar askar: jonlar hisobidagi urush haqiqati

Уруш бошланганидан бери Россия асирлигидаги 200 дан ортиқ украиналик аскар ҳалок бўлди.

AQShning rejasi bor, ammo u hech kimga ma’qul kelmayapti

АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.

Toshkent shahrida 800 nafar fuqaro uy olaman deb 200 mlrd so‘mdan ortiq pullaridan ayrildi

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

Liverpulda avtomobil odamlarni bosib ketishi oqibatida 27 kishi jarohatlandi

Маҳаллий ҳокимият расмийларининг хабар беришича, қолган жабрланганларга ҳодиса жойида тиббий ёрдам кўрсатилган.

Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 ichidagi 19 yoshli haydovchisi bilan yonib ketdi

Қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб борган, ёнғин қутқарувчилар ва фуқаролар томонидан ўчирилган.

22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Ҳозирда ушбу ҳолат юзасидан “одам савдоси” моддаси бўйича жиноят иши қўзғатилди.

Rossiyaning Voronej shahrida bir talaba xonadoshini gigiyenaga rioyasizligi sababli o‘ldirdi

Навбатдаги жанжалдан сўнг сабр-тоқат косаси тўлган йигит пичоқ олиб, Максимнинг томоғини кесган.

Ukraina Patriot zenit-raketa majmualarining tanqisligini boshdan kechirmoqda — The Washington Post

Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.

"Kuch ishlatilmasa, Putin yechim izlamaydi"

Россиянинг Украинада урушни тўхтатиш истагини билдирувчи белгилар йўқ.

Medvedevning rejasi Rossiyaga 50 million askarga tushadi

Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.

"Haqqoniy va’da"ga tayyormiz – Eron Isroilni ogohlantirdi

"Исроилда жиноятчилар ва аҳмоқлар ҳокимият тепасида тургани сабабли ҳар қандай хато юз бериши мумкин".

Makron: Tramp Putinning unga yolg‘on gapirgani angladi

"АҚШ президенти Доналд Трамп Россия диктатори Владимир Путиннинг тинчликка тайёрлик ҳақидаги сўзлари ёлғон эканини тушуниб етди".

Xitoy janubida kuchli yomg‘ir yog‘di, qurbonlar bor

Метеорологларнинг маълумотларига кўра, 2025 йил бошидан бери энг кучли ёмғир 27-29 май кунлари Хитой жанубида бўлади. Табиий офатлар хавфи ортади.

Rossiya armiyasi Ukrainaga tungi hujumda 350 dan ortiq drondan foydalandi

Маълум қилинишича, Украина ҳаво мудофааси барча 9 та Х-101 ракетасини уриб туширган ҳамда 288 та дронни йўқ қилган.

“Qamchiq"da xandaqqa tushib ketgan yuk mashinasi olib chiqildi

Хабарга асосан, қутқарув отряди айтилган манзилга етиб бориб, махсус техника ва асбоб-анжомлар ёрдамида юк автомашинаси хандақдан олиб чиқилган.

Makron rafiqasidan tarsaki yedi

Франциянинг BFM RMC нашрининг ёзишича, Елисей саройи бу видео ҳақиқий эканини тасдиқлаган.