Venesuela dollardan voz kechib, milliy valyutalarda savdo qilishni yoqladi

Venesuela vise-prezidenti Delsi Rodriges Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari o‘rtasidagi savdoni dedollarizasiya va milliy valyutalarga o‘tish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Uning fikricha, dedollarizasiya mutlaq gegemonlikka intilayotgan Qo‘shma Shtatlarga dollardan "qo‘shilmagan davlatlarga qarshi iqtisodiy tajovuz" vositasi sifatida foydalanishga imkon bermaydi.
Shuningdek, u AQShning jahon bank tizimi ustidan nazorati boshqa mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.
Rodriges mintaqaviy savdoda milliy valyutalarga o‘tishga ko‘maklashish zarur, deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, ushbu maqsadga erishish uchun Lotin Amerikasi bog‘liq bo‘lgan neokolonial tizimni yo‘q qilish uchun siyosiy iroda va integrasiya mexanizmlari zarur.