Vazirlar uchrashuvi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari salohiyatini uyg‘unlashtirishda muhim bosqich bo‘ldi

A A A
Vazirlar uchrashuvi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari salohiyatini uyg‘unlashtirishda muhim bosqich bo‘ldi

Kecha Toshkentda "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri raisligida o‘tgan Strategik muloqotda ishtirokchi mamlakatlar hukumatlarining yuqori darajadagi vakillari boshchiligidagi delegasiyalari qatnashdi.

Ochiq, konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tgan yig‘ilishda tomonlar 2023 yil 19 iyul kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishini ko‘rib chiqdilar.

Siyosat, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investisiya, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va atrof-muhitni himoya qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2025 yilda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yig‘ilishning ochilish qismidagi nutqida, uchrashuv tarovatli bahor kunlarida nishonlangan Ramazon oyi va muborak Ramazon hayitidan so‘ng o‘tkazilayotganida ramziy ma’no borligini ta’kidladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari 2023 yil iyul oyida Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Strategik muloqotning birinchi sammitida Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mintaqasi xalqlarini qadimdan yaqin savdo aloqalari, mushtarak qadriyatlar va urf-odatlar, muqaddas islom dinimiz bog‘lab turganligiga alohida urg‘u bergani bejiz emas", dedi u.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yuqori martabali vakillari Markaziy Osiyo mamlakatlari ularning eng muhim savdo sheriklaridan biri ekanini ta’kidlab, ikki mintaqa o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Xususan, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad Al-Budayviy O‘zbekiston tomoniga strategik muloqotni rivojlantirishdagi muhim o‘rni uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u Toshkent uchrashuvi strategik muloqot doirasida hamkorlik asoslarini mustahkamlash, o‘zaro maslahatlashuv va sheriklik mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidentining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy o‘z navbatida, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy sheriklik chuqurlashayotganini qayd etdi. Uning aytishicha, 2023 yilda ikki tomon o‘rtasida neftdan tashqari savdo hajmi 9,6 milliard dollarga, BAAning Markaziy Osiyo mamlakatlariga investisiyalari hajmi esa 2019 - 2023 yillarda 13 milliard dollarga yetgan.

Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri, shuningdek, BAA va O‘zbekiston o‘rtasida qiymati 10 milliard dollardan ziyod investisiyaviy hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolanganiga e’tibor qaratib, sarmoyalar qayta tiklanadigan energiya manbalari, infratuzilma, logistika, raqamli transformasiya kabi ustuvor sohalarni qamrab olishini ta’kidladi.

Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo o‘z ma’ruzasida, uning mamlakati Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi sheriklikni qo‘llab-quvvatlaydi va uni rivojlantirishdan manfaatdor. Vazirning aytishicha, bu kabi tadbirlar zamonaviy tahdidlarga qarshi kurash hamda har ikki mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga bo‘lgan umumiy e’tiborni namoyon etadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham Ko‘rfaz arab davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik faollashganini qayd etdilar. Xususan, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikning yuksak natijalari alohida urg‘ulandi. Shuningdek, turizm, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, suvni tejash, sun’iy intellekt va boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Toshkent uchrashuvi ikki mintaqa mamlakatlari salohiyatini uyg‘unlashtirishda muhim bosqich ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, mintaqalararo hamkorlik kompleks yondashuvni talab qilib, uni muvofiqlashtirishda tashqi ishlar vazirliklari muhim o‘rin tutadi.

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan "Qo‘shma harakatlar dasturi"ni amalga oshirishda mas’ul idoralar ishini jadallashtirish zarurligini ta’kidladilar.

Tadbirda faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov o‘z nutqida, uning mamlakati Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda konstruktiv rol o‘ynashga qat’iy sodiq qolishini ta’kidlab, bu borada o‘z tajribasi va resurslarini baham ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar umumiy qadriyatlar va o‘zaro manfaatlarga asoslangan barqaror va istiqbolli hamkorlikni mustahkamlashda sobitqadam va birdam ekanliklarini tasdiqladilar.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

"Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini 2026 yilda Kuvaytda o‘tkazish to‘g‘risida kelishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Gvardiola: "Uning o‘ynamayotganining yagona sababi - men"

"Манчестер Сити" устози Хосеп Гвардиола жамоа ҳужумчиси Жек Грилиш нега кўп ўйин амалиётига эга бўлмай қўйгани ҳақидаги саволга жавоб берди.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

O‘zbekistonlik ikki legioner futbolchi klubsiz qoldi

Ўзбекистонлик футболчилар Жасур Жалолиддинов ва Бобур Абдухолиқовнинг Озарбойжондаги фаолияти якунига етди.

Xato tuzatildi: Bobir Abdixoliqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Президент Фармони билан бир гуруҳ ёшлар «Келажак бунёдкори» медали билан мукофотланди.

Germaniya kansleri: Isroilning “iflos ishi” haqidagi fikrimdan afsuslanmayman

Германия канцлери Фридрих Мерц Исроилнинг Эронга қарши амалиётини “Ғарбнинг ифлос иши” деб атаган баёнотидан афсусланмаслигини маълум қилди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Chilonzorda "dostavkachi" erkakni zo‘rlagan ayollar haqidagi xabarlarga Oliy sud munosabat bildirdi

Ижтимоий тармоқларда Чилонзор туманида икки нафар аёл "доставкачи" эркакни зўрлаганлиги ҳақида хабарлар тарқалди.

"MYu" va "Liverpul" klublarining sobiq yarim himoyachisi hibsga olindi

Бу ҳақда Daily Mail хабар бермоқда.

Mask g‘azabda?!

"Бу тарихдаги энг катта қарз оширилиши бўлиб, Американи тўғридан-тўғри иқтисодий ҳалокат йўлига олиб чиқади", — деб ёзди Маск ижтимоий тармоқдаги саҳифасида

Bo‘lajak saylovlarda Zelenskiy kimdan qo‘rqmoqda?

Бу ҳақда Олий Рада депутати, давлатга хиёнатда айбланиб қамоқдаги Александр Дубинский ўзининг Телеграм-каналида ёзди

Isroil urush boshlanganidan beri G‘azodagi 256 ta evakuasiya markazini nishonga oldi

Бу ҳақда Ғазо секторидаги ҳукуматнинг медиа-офиси расмий баёнот берди.

G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 56 531 nafarga yetdi

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин соғлиқни сақлаш вазирлиги ўзининг сўнгги баёнотида маълум қилди.

Germaniyada ukrainalik ayol va uning chaqalog‘ini o‘ldirgan 16 yoshli yigit hibsga olindi

Германиянинг Эссен шаҳри прокуратураси хабарига кўра, 16 ёшли украиналик йигит ҳамюрти — 32 ёшли аёл ва унинг бир ярим ёшли қизини ўлдирганини тан олди ва ҳибсга олинди.

Isroilning G‘azodagi havo hujumlari yuzlab oilalarni ko‘chirishga majbur qildi

Исроил ҳаво ҳужумлари Ғазо секторида юзлаб фаластинлик оилаларни ўз уйларини тарк этишга мажбур қилди. Ҳужумлар натижасида беш киши ҳалок бўлди, кўплаб аҳоли жароҳатланди.

"Qulay shartlarda avtomobil": 9 fuqaro 843 nafar fuqaroni umumiy 50,1 mld. so‘mga chuv tushirdi

Улар ташкил қилган жамиятларга тегишли 339 дона транспорт воситалари хатланган.

Isroil armiyasi Livan janubini o‘qqa tutdi

Исроил томони сулҳни 3000 га яқин бузган, натижада камида 213 киши ҳалок бўлган ва 508 киши жароҳат олган.

Pokistondagi musson yomg‘irlari 45 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.

AQShda atrofi timsohlar bilan to‘la migrantlar markazi qurilmoqda

Бу ҳудуд ботқоқлар билан ўралган бўлиб, тимсоҳлар, питонлар ва бошқа ёввойи ҳайвонлар билан тўла.

Eron neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi

Маълумотларга кўра, авария натижасида завод яқинида қуюқ тутун пайдо бўлган.

Qirg‘izistonda favqulodda holat e’lon qilindi

Офат оқибатларини бартараф этишга жами 76 киши ва 12 техника жалб этилган.

Tanzaniyada 2ta avtobus yonib ketdi

Танга вилоятига кетаётган йўловчи автобус қарама-қарши йўналишда, яъни Самедан Мошига кетаётган микроавтобус билан тўқнашган.

Britaniyada og‘irligi 2,4 tonna kokain partiyasi musodara qilindi

Гиёҳванд моддаларнинг қиймати қарийб 100 миллион фунт стерлингга баҳоланмоқда

“Krokus”dagi terakt ijrochilari ularning tashkilotchisi Ukraina bo‘lganini tan oldi

Чегарани кесиб ўтишда ёрдам бериши керак бўлган гуруҳ Брянск вилоятида уларни кутиб турган.

"Kiyev tobora xavfli joyga aylanmoqda"

Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.

Isroil hujumlari natijasida Eronda to‘qqiz nafar jurnalist halok bo‘ldi

Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.

Isroil Eronga qarshi urushga necha yil tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда The Times хабар бермоқда.

"Bu pastkash kim?" — Tramp CNN nashrining Eronga aloqador maqolasidan g‘azablandi

CNN нашрининг ёзишича,Трамп маъмурияти Теҳрон билан Эроннинг фуқаролик ядровий дастурини ривожлантириш учун 30 миллиард доллар ажратиш масаласини муҳокама қилган.

Tehronda Isroil tomonidan o‘ldirilgan generallar va yadro olimlari ommaviy dafn etildi

Минглаб эронликлар мамлакат пойтахти марказига чиқиб, Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси офицерлари ва олимлар билан видолашди.

Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, табиий офат оқибатида 50 га яқин уй зарар кўрган. Қутқарув ишлари узлуксиз давом этмоқда.

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Вилоят Экология бошқармаси ҳолат юзасидан муносабат билдирди.