Amerika Qo‘shma Shtatlari milliy valyutasi dollar Birinchi Jahon urushidan so‘ng xalqaro valyutaga aylangan. Shundan beri u xalqaro savdoda yakka hukmronlik qilib keladi.
Dunyo mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham dollarning ta’siri yuqori.
Amerika dollari 1, 2, 5, 10, 20, 50, 100, 500, 1000, 5000, 10 000, 100 000 qiymatli banknotalarda chiqarilgan. Banknotalarda AQSh davlatchiligi tarixida muhim iz qoldirgan shaxslar tasvirlangan.
E’tiboringizga barcha uchun birdek muhim bo‘lgan dollarlarda kimlar tasvirlanganini ma’lum qilamiz.
1 dollar nominalidagi banknotada AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington tasvirlangan. Vashington 1789-1797 yillarda prezidentlik qilgan.
2 dollar nominalidagi banknotada Amerikaning uchinchi prezidenti Tomas Jefferson tasvirlangan. Jefferson 1801 yildan 1809 yilgacha ikki muddat prezidentlik qilgan5 dollar nominalidagi banknotada AQShning 16-prezidenti fuqarolar urushi davridagi yetakchisi Avraam Linkoln tasvirlangan. U respublikachilardan saylangan ilk prezident bo‘lgan.
10 dollar nominalidagi banknotada Aleksandr Gamilton tasvirlangan. U AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington davrida mamlakatning birinchi Moliya vaziri bo‘lib faoliyat yuritgan.
20 dollar nominalidagi banknotada AQShning yettinchi prezidenti Endryu Jekson portreti tasvirlangan. Jekson 1829-1837 yillarda prezidentlik qilgan. U Demokratlar partiyasining asoschilaridan biri hamda partiyadan saylangan birinchi prezident bo‘lgan.
50 dollar nominalidagi banknotada Uliss Grant tasvirlangan. U AQShning 18-prezidenti. Mamlakatni 1869-1877 yillarda boshqargan.100 dollar nominalidagi banknotada 1785-1788 yillardagi AQShning oltinchi prezidenti Benjamin Franklin portreti tasvirlangan. Benjamin Franklin siyosiy davlat arbobi, diplomat, ixtirochi, yozuvchi, jurnalist, noshir va mason bo‘lgan.
500 dollar nominalidagi banknota ikki shaxs surati bilan chiqarilgan – AQShning to‘rtinchi Oliy sud raisi Jon Marshall va 25-prezident Uilyam Mak-Kinli tasvirlangan variantlari mavjud. U 1801-1835 yillarda ushbu lavozimni egallab turgan.
1 000 dollar nominalidagi banknota ikki inson surati bilan chiqarilgan – AQSh asoschilaridan biri bo‘lgan, mamlakatning birinchi Moliya vaziri Aleksandr Gamilton va Amerikaning 22- va 24-prezidenti Grover Klivlend portreti tushirilgan variantlarda.
5 000 dollar nominalidagi banknotada AQShning to‘rtinchi prezidenti Jeyms Medison surati tasvirlangan. U mamlakatni 1809-1817 yillarda boshqargan. Medison AQSh konstitusiyasini ishlashda muhim rol o‘ynagan.
10 000 dollar nominalidagi banknotada AQShning prezident Linkoln davridagi Oliy sud raisi Salmon Cheyz portreti tasvirlangan. Aynan Cheyz amerika dollariga “In God We Trust” (Biz xudoga ishonamiz) yozuvini kiritgan.
100 000 dollar nominalidagi banknotada AQShning 28- prezidenti Vudro Vilson tasvirlangan. U 1913-1921 yillarda Amerikaga rahbarlik qilgan. Vudro Vilsonning prezidentlik davrida AQSh Birinchi Jahon urushiga qo‘shilgan. Urushdan so‘ng Versal shartnomasi Vilsonning “14 moddasi” asosida tuzilgan.
Manba: qalampir.com
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.
1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.
Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.
Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.