Varshavada Rishi Sunak va NATO bosh kotibi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Varshavada Rishi Sunak va NATO bosh kotibi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Varshavada Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu matbuot anjumanida Buyuk Britaniya bosh vaziri tomonidan qator fikrlar bildirildi

◾️Buyuk Britaniya mudofaa sanoatini urush rejimiga o‘tkazadi;

◾️2030 yilga borib Londonning mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizigacha oshirish rejalashtirilgan. 6 yil ichida Britaniya hukumati harbiy-sanoat majmuasiga qo‘shimcha ravishda 75 milliard funt sterling sarmoya kiritadi;

◾️Biznikidan farqli qadriyatlarga ega bo‘lgan Eron, Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy kabi avtoritar davlatlarning harakatlari tobora tajovuzkor ko‘rinishga ega bo‘lib bormoqda;

◾️Avtoritar davlatlar va ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi turli guruhlar yanada ko‘proq joylarda beqarorlikni keltirib chiqarmoqda;

◾️Bu muammolar bizdan uzoqda, deb o‘ylaydiganlar bor, lekin bu unday emas. Ular Buyuk Britaniya xavfsizligi va farovonligiga bevosita tahdid soladi;

◾️Rossiya armiyasi Shahed dronlari bilan Ukrainada qanday vayronagarchiliklarni amalga oshirganini men shaxsan ko‘rganman;

◾️Eron turli jangari guruhlar yordamida Qizil dengizdagi kemalarimizga hujum qilmoqda;

◾️KXDR Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib beryapti, ularning xakerlari esa Britaniya biznesiga hujumlar uyushtiryapti;

◾️Xitoy o‘z qo‘shinlarini tubdan modernizasiya qilmoqda, natijada Hind-Tinch okeani mintaqasida potensial keskinlik o‘chog‘i yuzaga kelyapti. Bu esa xalqaro iqtisodiyotga COVID-19 epidemiyasidan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!