Valve Studio Counter Strike yangi qismining yopiq beta-sinovini ishga tushirdi

Valve Studio Counter Strike yangi qismining yopiq beta-sinovini ishga tushirdi

Amerika kompaniyasi - kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchisi Valve shu yilning yozida Counter-Strike 2 shooterini chiqaradi. Yaqinda studiya onlayn o‘yinning yangi versiyasining yopiq beta-testini boshladi. Bu haqda o‘yinning tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

“O‘yinning barcha yangi funksiyalari shu yozda rasmiy versiyada taqdim etiladi, biroq Counter-Strike 2 ga yo‘l bugun cheklangan sinovdan boshlanadi”, deyiladi o‘yin veb-saytida.

Counter-Strike 2 Source 2 dvigatelida ishlab chiqarilgan.U avvalgi qismlarga qaraganda ko‘proq real teksturaga ega bo‘ladi: yorug‘likka reaksiyaga kirishuvchi tutun, shuningdek, boshqa grafik yaxshilanishlar. Barcha eski xaritalar sezilarli darajada modernizasiya qilindi, shuningdek, to‘liq yangilangan foydalanuvchi interfeysi.

Valve Counter-Strike 2 ning yaqinlashib kelayotgan ishga tushirilishini seriya tarixidagi eng muhim texnik yutuq deb ataydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!