Vafot etgan shaxs nomidagi mashinani qanday qilib merosxo‘r nomiga rasmiylashtirish mumkin?

Vafot etgan shaxs nomidagi mashinani qanday qilib merosxo‘r nomiga rasmiylashtirish mumkin?

— Vafot etgan shaxs nomidagi avtomashinani qanday qilib merosxo‘r nomiga rasmiylashtirish mumkin? Buning uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

— Meros fuqaroning o‘limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi. Merosga bo‘lgan huquq vorislik vasiyati mavjud bo‘lmasa, qonun bo‘yicha amalga oshiriladi.

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi. Fuqarolik kodeksining 1135-moddasidaga muvofiq, konun buyicha birinchi navbatdagi merosxo‘rlar meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik xuquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tutilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rlarning yozma arizalariga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi.

Meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindoshlik munosabatlari tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tug‘ilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

Notarius jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa xujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.

Agar meros mulki tarkibiga avtomototransport vositalari kirsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni, shuningdek, avtotransport vositasi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi. Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berish to‘xtatib turiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!