O‘zini “Dilafro‘z” deb tanishtirgan ayol 59 yoshli erkak bo‘lib chiqdi

O‘zini “Dilafro‘z” deb tanishtirgan ayol 59 yoshli erkak bo‘lib chiqdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 30 yoshli (ayol) A.X. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida noma’lum shaxs tomonidan o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartasidan jami 11.557.000 miqdoridagi pullar aldov yo‘li bilan yechib olinganligini ma’lum qilgan.

O‘rganish davomida, ushbu jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 59 yoshli “erkak” A.U. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, A.U., A.X. bilan “Telegram” messenjerida o‘zini “Dilafro‘z” deb tanishtirgan va bir dona ayollar kurtkasini 500.000 so‘mga kelishib, A.X.ga tegishli bo‘lgan plastik kartasining maxfiy kodlarini soxta havola yuborish orqali aldov yo‘li bilan qo‘lga kirib, jami 11.557.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini yechib olganligi ma’lum bo‘ldi.

A.U.ga nisbatan O‘z. Res. JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qonunga muvofiq, A.U. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!