UzFood-2023 ko‘rgazmasida Rossiyaning 40 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etadi

UzFood-2023 ko‘rgazmasida Rossiyaning 40 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etadi

UzFood-2023 ko‘rgazmasida Rossiyaning 40 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etadi.

Bu haqda Sputnik muxbiriga Iteca Exhibitions matbuot xizmati xabar berdi.

“RF kompaniyalari Omsk, Kaliningrad, Penza viloyatlari, Oltoy o‘lkasi va Boshqirdiston Respublikasining jamoaviy ekspozisiyalari bilan namoyish etiladi. Unda RFdan 47 ta kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda”, deya tushuntirdi tadbir tashkilotchilari.

Ko‘rgazma 28-30 mart kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadi. UzFood O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati va oziq-ovqat sektoridagi asosiy voqea hisoblanadi.
Ko‘rgazmada har yili butun dunyodan oziq-ovqat sanoatining yetakchi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va distribyutorlari ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!