“O‘zbekkonsert”ning Qashqadaryo viloyat bo‘limi 98 nafar lisenziyasiz san’atkorni ogohlantirdi

“O‘zbekkonsert”ning Qashqadaryo viloyat bo‘limi 98 nafar lisenziyasiz san’atkorni ogohlantirdi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi 2018 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida 180 nafar xonanda, sozanda va raqqosaga lisenziya bergan. Bu haqda "Turon24"ga “O‘zbekkonsert”ning Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Shuhrat To‘rayev xabar bermoqda.

Shuhrat To‘rayevning bildirishicha, bugungi kunda viloyatda 220 nafar san’atkor faoliyat yuritadi. O‘tgan 9 oyda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyat bo‘limiga 180 nafar san’atkor lisenziya olish uchun murojaat qilgan bo‘lib, barchasining faoliyati lisenziyalangan. Viloyat soliq boshqarmasi, viloyat IIB va “O‘zbekkonsert”ning Qashqadaryo viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tgan 9 oy davomida olib borilgan 60 ta reydda 100 nafar san’atkor lisenziyasiz faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangan. Ularning 98 nafariga ogohlantirish berilib lisenziya olish tartibi tushuntirilgan, ikki nafari eng kam ish haqining ikki barabari miqdorida jarimaga tortilgan.

Ma’lumot uchun: “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi san’atkorlar faoliyatini lisenzilash borasidagi ko‘rsatkichlari bilan respublikada 5-o‘rinda turadi.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!