O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Latviyada payvandchilarga 1000 yevrodan ortiq ish haqi taklif etilmoqda. Nomzodlar uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:

  • MIG, MAG, TIG, TUV, MMA texnologiyasida payvandlash ko‘nikmasi va payvandlash bo‘yicha sertifikat yoki diplom;
  • payvandchilik bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;
  • rus tilida erkin muloqot qilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
  • 22-45 yosh;
  • sudlanmagan;
  • jismonan sog‘lom;
  • sinov muddati 3 oy.

Afzalliklar:

  • ish haqi oyiga 1080 yevro (soliqlar ushlangandan keyin);
  • aeroportdan yashash joyigacha transfer;

Quyidagilar fuqaro hisobidan:

  • turar joy;
  • oziq-ovqat;
  • sug‘urta;
  • aviachipta;
  • agentlik xarajatlari.

Ro‘yxatdan o‘tish

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 16 aprel soat 15:00 dan 26 aprel soat 15:00 gacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!