O‘zbekistonlik futbolchi "Atletiko" darvozasiga gol urdi
Madridning "Atletiko" klubi Osiyo turnesi doirasida bugun, 7 avgust kuni Hongkongda mahalliy "Kitchi" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Bellashuv Madrid klubining 6:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugadi. E’tiborli tomoni mezbonlarning yagona goli 67-daqiqada jamoaning o‘zbekistonlik hujumchisi Sherzod Temirov tomonidan kiritildi.
O‘rtoqlik o‘yini. 7 avgust
Kitchi (Hongkong) – Atletiko (Ispaniya) – 1:6
Gollar: 0:1 – 7 Serlot, 0:2 – 8 Serlot, 0:3 – 52 Martin, 0:4 – 62, avtogol Ngan Chxekpxan, 1:4 – 67 Sherzod Temirov, 1:5 – 71 Ninyo, 1:6 – 87 Lemar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)