O‘zbekistonda yangi kinozallar ishga tushadi

O‘zbekistonda yangi kinozallar ishga tushadi

Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Ipak yo‘li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Toshkentda va boshqa hududlarda oltita kinozal foydalanishga topshiriladi.

Jumladan, Toshkentda qayta rekonstruksiyalangan 4 ta zal ochiladi. Ular ichida eng quvonarlisi 3300 o‘ringa ega bo‘lgan Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyining yangicha qiyofada ta’mirlanmoqa.

Yana bir shunday kinozallardan 2000 o‘rinli Renaissance Hall kino-konsert zali, Samarqand shahrida 3 ta zal va 450 o‘rinli «Family Park» kinoteatrlari ishga tushadi.

Kinofestival doirasirida Buxoroda kapital rekonstruksiyadan keyin ikkita zal va 434 o‘ringa ega bo‘lgan “Buxoro”, 225 o‘rinli “Chinor Cinema”, uchta zal ochilishi ko‘zda tutilgan. “Buxoro” SKM (TRS) nomli 340 o‘rinli kinoteatrlar foydalanishga topshiriladi.

Xivada esa Xudoybergan Devonov nomidagi 320 o‘rinli kinoteatr yangilangan qiyofada tomoshabinlarni qarshi oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!