Har yili butun dunyo bo‘ylab “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” nomi ostida kampaniya o‘tkaziladi. Ushbu kampaniya ayollarga nisbatan zo‘ravonlik inson huquqlariga zid harakat ekanini ifodalovchi fikr bilan ramziy bog‘langan ikki voqea 25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish kunida boshlanib, 10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kunida yakuniga yetadi.
Kecha, 26 noyabr kuni “Uydagi osoyishtalikdan dunyodagi tinchlikka sari” – Toshkentda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan kampaniyaga start berildi.
Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab har uchinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lmoqda. BTM Bosh Kotibi Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish xalqaro kuni munosabati bilan qilgan bayonotida “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik global pandemiya tusini olmoqda... Bu ochiq, haqqoniy va barqaror rivojlanish yo‘lidagi jiddiy to‘siqdir”, – deya ta’kidlagan edi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini bartaraf etish maqsadida global intilish va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Insonga, shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakliga yo‘l qo‘ymaslik O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarda mustahkamlangan. Jinoyat kodeksida insonning, shu jumladan, ayollar va qizlarning hayoti, sog‘lig‘i va jinsiy erkinligiga qarshi yo‘naltirilgan jinoyatlar uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Tadbirda doirasida “Maishiy zo‘ravonlikni oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari qonunchilikning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.
Munozaralar davomida ishtirokchilar ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish sohasidagi ijobiy yutuqlarni, xususan respublika bo‘ylab tashkil etilgan ayollarning ijtimoiy moslashuv markazlari (shelterlar) tashkil etilgani, maishiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar uchun yagona “ishonch telefon” raqamlari ishga tushirilgani, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar uchun psixolog, huquqshunoslarning ishlashini tashkil etilganligi, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha tashviqot ishlari kuchaytirilganligini qayd etdilar.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish, shuningdek davlat, huquq-tartibot, hamda NNTlarning zo‘ravonlikning har qanday turini oldini olishga qaratilgan hamkorliklarini kuchaytirish lozimligini ta’kidladilar.
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.