O‘zbekistonda o‘z uyida internetdan foydalanayotgan katta yoshdagilar ulushi oshdi

O‘zbekistonda o‘z uyida internetdan foydalanayotgan katta yoshdagilar ulushi oshdi

O‘zbekistonda o‘z uyida internetdan foydalanayotgan katta yoshdagilar ulushi oshgani ma’lum qilindi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023 yilning yanvar—dekabr holatiga ko‘ra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining o‘z uyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 67 foizni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, bu ko‘rsatkich:

  • 2021 yilda — 49,9 foizni;
  • 2022 yilda — 59,6 foizni tashkil etgan.

O‘zbekistonda o‘n va undan katta yoshlilar orasida mobil telefondan foydalanuvchi aholi ulushi oshgan.

2023 yilda o‘n va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi aholi ulushi 99,1 foizni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, bu ko‘rsatkich:

  • 2021 yilda — 95,7 foiz;
  • 2022 yilda — 97,8 foizni tashkil etgan.

2023 yilda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 349 tani tashkil etgan. Ma’lumot uchun, bu ko‘rsatkich:

  • 2010 yilda — 145 ta;
  • 2015 yilda — 234 ta;
  • 2020 yilda — 287 tani tashkil etgan.

O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga asosan, 2023 yilda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich 2010 yilda — 21 ta, 2015 yilda — 42 tani tashkil etgan. 2020 yilda esa 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, 2023 yilda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 176 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2010 yilda — 132 ta, 2015 yilda — 152 ta, 2020 yilda esa 162 tani tashkil etgan.

2023 yil mart oyida PMTI ekspertlari O‘zbekistonda insonlarning hayoti davomida iste’mol xarajatlari va daromadlari, o‘zgarish xususiyatlari hamda qarz munosabatlariga kirishish holatini tahlil qilgandi. O‘zbekistonda aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yosh oilalar boshqa oilalarga nisbatan daromadining ko‘p qismini qarz to‘lashga sarflayotganini ma’lum qilgan. Bunda respondentlarning 18 foizi maishiy texnika, 22 foizi uy-joy, 13 foizi avtomobil, 10 foizi o‘qish shartnoma to‘lovi, 11 foizi esa telefon uchun qarz olganligi ma’lum bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!