O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilamoqda

O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilamoqda

Issiqxona pomidori narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda — so‘nggi haftada qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 29 foizga oshdi va joriy ulgurji narxlar o‘tgan yilgi darajadan deyarli 2 barobar yuqori.

Issiqxona pomidori narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda — so‘nggi haftada qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 29 foizga oshdi va joriy ulgurji narxlar o‘tgan yilgi darajadan deyarli 2 barobar yuqori. Bundan tashqari, so‘nggi hafta ichida ushbu mahsulot narxi keskin oshishi natijasida O‘zbekistonda qizil dumaloq pomidorning joriy ulgurji narxlari EastFruit loyihasiga daxldor mintaqada eng yuqorisi bo‘ldi, deydi tahlilchilar.

EastFruit‘ning narxlar monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 17 martidan 24 martiga qadar O‘zbekistonda qizil dumaloq issiqxona pomidorining o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 28 000 so‘mdan 36 000 so‘mga, ya’ni, bir hafta ichida 28,6% ga oshdi. Oxirgi uch oyda ushbu mahsulot narxining jadal o‘sishi inobatga olinsa, joriy yil boshidan 24 martga qadar O‘zbekistonda qizil dumaloq pomidorning ulgurji narxlari 2,4 barobar oshdi.

O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilamoqda

2023 yilning 24 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qizil dumaloq issiqxona pomidorining o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 1,8 barobar va 2020-2021 yillarning shu sanasiga nisbatan 2,4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘tgan hafta qizil dumaloq pomidor narxlarining keskin oshishi natijasida O‘zbekistonda ushbu mahsulotning ulgurji narxlari EastFruit meva-sabzavotlarni haftalik monitoring qilib boradigan mamlakatlar orasida eng yuqorisi bo‘ldi. 2023 yilning 24 mart holatiga ko‘ra, ushbu mamlakatlarda qizil dumaloq issiqxona pomidorining o‘rtacha ulgurji narxi (1 kg uchun AQSh dollarida): O‘zbekiston – $3,16; Polsha — $2,79; Ukraina — $2,60; Tojikiston — $2,29; Moldova — $1,61; Gruziya — $1,16.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!