O‘zbekistonda moliyaviy mustaqil OTMlariga ayrim vakolatlar berilishi mumkin

O‘zbekistonda moliyaviy mustaqil OTMlariga ayrim vakolatlar berilishi mumkin

O‘zbekistonda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlariga ayrim vakolatlarni berish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi samarali tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga pedagogik kadrlarni ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash tartibini belgilash, o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etish vakolatlari berilmoqda. Shu bilan birga, davlat oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarini kasbiy standartlar asosida tasdiqlash, ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim olish shaklini belgilash ham ko‘zda tutilmoqda.

Qonun loyihasida ta’lim tashkilotlarini attestasiya va davlat akkreditasiyasi, shuningdek, kompleks va maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tkazishning yangi mexanizmlarini joriy etish, ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanishi ham qonun loyihasida o‘z aksini topmoqda.

Bundan tashqari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunlarga davlat ta’lim standartining nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tomonidan majburiy bajarilishi lozimligi belgilanmoqda.

Deputatlarning qayd etishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bilan ta’lim tashkilotlarini boshqaruvchi institusional tuzilmalar vakolatlari aniq belgilanadi, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish, ta’lim sifatini monitoring qilish va ta’minlash bo‘yicha huquqiy mexanizmlar yanada mustahkamlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!